
Boks: Shunqor Abdurasulov ham chorak finalda
Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kun bahslari davom etmoqda.
Kun dasturidan o‘rin olgan boks bahslarining 60 kg vazn toifasining nimchorak final bosqichida hamyurtimiz Shunqor Abdurasulov fillipinlik Jeyms Paliktega qarshi ringga ko‘tarildi.
Qiziqarli kechgan jangda vakilimiz 5:0 hisobida g‘alaba qozondi va chorak final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Biroz avval esa Jasurbek Latipov ham g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l olgan edi.
Fikrlar