
Bilasizmi? Ronaldu - Instagramdan eng ko‘p daromad topadigan futbolchi, Neymar va Messi kuchli uchlikda
Turinning "Yuventus" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu Instagram ijtimoiy tarmog‘ida eng daromad oluvchi futbolchilar reytingida peshqadamlik qilmoqda.
Unga ko‘ra 33 yoshli portugaliyalik futbolchining shaxsiy sahifasida reklama post berish 750 ming AQSh dollarini tashkil etadi. Aytish lozimki, Ronaldu Instagramda 137 milliondan ortiq obunachiga ega.
Bu borada kuchli uchlikni esa Neymar (600 ming) va Lionel Messilar (500 ming) yakunlab berishdi.
Fikrlar