
"Barselona" bu mavsum Rakitichga yangi shartnoma taklif qilmaydi
Kataloniyaning “Barselona” klubi prezidenti Jozep Mariya Bartomeu jamoaning xorvatiyalik yarim himoyachisi Ivan Rakitich bilan bu yil yangi shartnoma imzolanmasligini aytib o‘tdi.
“Bu mavsum biz Rakitich bilan muzokaralar o‘tkaza olmaymiz. Keyingi yil esa yangi takliflar bilan unga murojaat qilishimiz mumkin”, - deydi Bartomeu.
Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli xorvatiyalik futbolchi “Barselona” bilan shartnomasini uzaytirish umidida PSJdan bo‘lgan taklifni rad etgan edi. Uning amaldagi shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar