
"Arsenal" Nacho bilan shartnomani yana bir yilga uzaytirdi
Londonning "Arsenal" klubi o‘zining ispaniyalik himoyachisi Nacho Monreal bilan shartnomani uzaytirish huquqidan foydalandi.
ESPN tarqatgan xabarga qaraganda “kanonirlar” 32 yoshli futbolchi bilan kelishuvni 2020 yilga qadar uzaytirishgan. Eslatib o‘tish lozimki, Nachoning amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etar edi.
Ma’lumot uchun, Nacho Monreal “Arsenal” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 227ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10ta gol hamda 17ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar