Andijonda imkoniyati cheklangan bolalar o‘rtasida tosh ko‘tarish bo‘yicha viloyat turniri o‘tkazildi (foto)

CHERY AUTO

Bugun Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidagi 17-kar bolalar davlat ta’lim muassasasida Baxodirlar o‘yini va tosh ko‘tarish federatsiyasi viloyat bo‘limi hamda tuman Bolalar-o‘smirlar stport maktabi hamkorligida imkoniyati cheklangan sportchi bolalar orasida tosh ko‘tarish sport turi bo‘yicha viloyat paralimpiya terma jamoasiga saralash turniri bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Musobaqada ushbu ta’lim muassasasida tahsil olayotgan 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar ishtirok etishdi. Murosasiz kurashlarga boy kechgan turnirda g‘olib bo‘lgan Javohir Halilov, Azamat Hayitov, Abdulaziz Ibragimov, Bobur Alimov, Abdurasul Obidov, Xurshid Sotvoldiev, Bunyod Ko‘paysinov, Ilyos Mo‘minjonov, Muhammadyusuf Sotvoldiev, Xurshid Mirzaev, Abdullo Qosimov va Muham-madali Hasanovlar viloyat terma jamoasiga saralab olindi.

Endi ular viloyat terma jamoasi safida joriy yil iyul oyida sportning ushbu turi bo‘yicha Buxoro shahrida bo‘lib o‘tadigan ilk jahon chempionatida ishtirok etish uchun kurash olib borishadi.

Bundan tashqari musobaqa yakunida g‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan maxsus diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Suratda: musobaqadan lavha.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!