Alba: Neymarning "Barselona"ga qaytishiga ishonmayman

  • 27 yanvar, 2019, 11:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning “Barselona” klubi himoyachisi Jordi Alba braziliyalik forvard Neymarning yana “ko‘k-anor ranglilar” safiga qaytishiga ishonmasligini aytdi.

Tecno

“Neymar – ajoyib futbolchi, dunyoning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri. Ammo, u ketishni xohladi. Men uning yana jamoamizga qaytmoqchi ekanligidan hech qanday ma’no ko‘rmayapman. Bunga ishonmayman.

Neymar – jamoamizdaga barcha uchun zo‘r futbolchi va yaxshi do‘st hisoblanadi. Masalan, Pedro va Bartra ham shunday edi. Lekin hech kim ularni yana “Barsa”ga qaytarish haqida gapirmaydi.

Albatta, hamma o‘z qarorini o‘zi qabul qiladi va buni hurmat qilishimiz kerak. Lekin, to‘g‘risini aytsam, Neymarning yana “Barselona”ga qaytishiga umuman ishonmayman”, - deydi ispaniyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Neymar 2017 yil 222 mln evro evaziga PSJga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!