
Abidal Azarning “Barselona”ga kelishi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi
“Barselona” klubi sport direktori Erik Abidal “Chelsi” yarim himoyachisi Eden Azarning Kataloniya super klubiga ko‘chib o‘tishi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
“Azar “Barselona”da? Biz boshqa jamoa safida to‘p surayotgan futbolchilar haqida gapirmaymiz. Bu savol futbolchining o‘ziga berilishi kerak. Umuman olganda esa biz kim bilan shartnoma imzolasak, bundan xammadan avval sizlar xabar topasizlar”, - deydi Abidal.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Barselona" vakillari Azarning agenti bilan uchrashuv o‘tkazishgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar