
43 yoshli Ule-Aynar Borndalenga hech kim eta olmadi
Avstriyaning Xoxfiltsen shahrida biatlon bo‘yicha jahon kubogining ikkinchi bosqich bahslari yakunlanadi.
Musobaqaning so‘nggi poygasida erkaklar va ayollar estafeta bahslarida g‘oliblik uchun o‘zaro raqobatlashdi.
Erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan poygada Ule-Aynar Borndalen, Xenrik Labelund, Erlenn Bontegor va Lars Xelge Birkland kabi mahoratli poygachilardan tashkil topgan Norvegiya terma jamoasi shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Ayollar o‘rtasida Vanessa Xints, Frantsiska Xildebrand, Maren Xammershmidt hamda Laura Dalmayer barcha raqiblarini ortda qoldirib, Germaniya terma jamoasiga oltin medalni keltirdi.
Quyida musobaqa natijalari bilan tanishasiz:
Estafeta. Erkaklar
- Norvegiya Norvegiya (0+9) 1:21:21.8
- Germaniya Germaniya (0+17) +1:54.9
- Frantsiya Frantsiya (3+13) +2:34.0
- Shvetsiya Shvetsiya (3+12) +2:54.8
- Italiya Italiya (2+12) +3:19.1
- Ukraina Ukraina (1+12) +3:24.0
- Shveytsariya Shveytsariya (5+12) +3:30.5
- Rossiya Rossiya (3+13) +3:35.8
Estafeta. Ayollar
- Germaniya Germaniya (0+9) 1:14:36.4
- Ukraina Ukraina (0+5) +44.9
- Frantsiya Frantsiya (2+13) +1:04.5
- Rossiya Rossiya (0+9) +1:09.0
- Shveytsariya Shveytsariya (2+12) +1:27.7
- Chexiya Chexiya (1+12) +1:34.1
- Belarus Belarus (2+6) +1:42.2
- Shvetsiya Shvetsiya (0+9) +1:42.6
Fikrlar