4 chempionat va 7 klub! Shomurodov oldida tanlovlar ko‘payib ketdi

  • 24 yanvar, 2023, 16:30
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Roma" safida to‘p tepayotgan legionerimiz Eldor Shomurodov kishki transferlar oynasida Rim klubini tark etishi kutilyapti. Sababi, futbolchimiz "bo‘rilar" tarkibida kam o‘yin amaliyotiga ega. 

Taniqli jurnalist Nikola Skiraning xabar berishicha, Eldorga jami 7 ta klubdan taklif bor. "Torino", "Kremoneze", "Verona",  "Spetsiya", "Lill", "Bayer" hamda "Real Valyadolid" kabi klublar 27 yoshli hujumchimizni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. 

Avvalroq, Eldor Italiyada qolishni xohlayotgani haqida xabarlar chiqqandi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
БМЗ
24/01/2023 17:28
Eldor Real, Manchester siti, Bavariya, Napoli, Barselona dan taklif kutyapdi