39 yoshli bokschi vokzalda o‘ldirildi

  • 17 iyun, 15:05
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Chechenistonda tug‘ilgan 39 yoshli bokschi Abu Yusupov (9-0-1, 7 KO) Germaniyadagi vokzalda o‘ldirildi. Bu haqda "Tagesspiegel" xabar bermoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur voqea 10 iyun kuni sodir bo‘lgan. Berlinning Gesundbrunnen tumanidagi temir yo‘l vokzalida yuz bergan mojaroda Yusupovning bo‘yniga pichoq sanchib ketishgan. Fojianing boshqa tafsilotlari hozircha noma’lum.

"WBC Abu Yusupovning vafotidan qattiq afsusda. Uning matonat va boksga bo‘lgan muhabbati sportimiz tarixida abadiy saqlanib qoladi. Butun WBC va uning prezidenti Maurisio Sulaymon Abuning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi" - dedi Butunjahon boks kengashi.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya bayrog‘i ostida ishtirok etgan Yusupov 2020 yilda professional debyut qilgan. So‘nggi jangini esa 2025 yil yanvarida o‘tkazib, Georgiy Kandelakini hakamlarning qaroriga ko‘ra mag‘lub etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!