2026 yilgi Osiyo kubogi ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi
"Osiyo Kubogi–2026" saralash bosqichining so‘nggi guruh uchrashuvlari yakunlandi. “D” guruhidan Iroq va Saudiya Arabistoni terma jamoalari final bosqichiga yo‘llanma oldi. Shu tariqa musobaqa finalida ishtirok etuvchi barcha jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.
Guruh bosqichining qur’a tashlash marosimi 2025 yilning 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Jamoalar quyidagi ehtimoliy savatchalardan joy olishi kutilmoqda:
1-savatcha: Indoneziya (mezbon), Eron, Yaponiya, Tailand
2-savatcha: O‘zbekiston, Vetnam, Afg‘oniston, Iroq
3-savatcha: Quvayt, Tojikiston, Saudiya Arabistoni, Qirg‘iz Respublikasi
4-savatcha: Avstraliya, Livan, Koreya Respublikasi, Malayziya
Eslatib o‘tamiz, Osiyo kubogining final bosqichi 2026 yil 27 yanvardan 7 fevralga qadar Indoneziyada bo‘lib o‘tadi.



Fikrlar