Vinisius va Mbappe "Real"ga 3 ochko taqdim etdi
- 5-октябр 2025, 02:03
- Muhammadqodir Ruzmatov
- 0
- Futbol
La Liganing 8-turi doirasida "Real Madrid" o‘z uyida "Vilyarreal"ni qabul qildi va uchrashuv 3:1 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Ushbu bahsda qirollik klubi futbolchisi Vinisius 47-daqiqada o‘yindan va 69-daqiqada penaltidan gol urdi hamda dublni rasmiylashtirdi.
Mehmonlar safidagi Mikautadze 73-daqiqada hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Asosiy vaqt yakunlanishiga 9 daqiqa qolganda Mbappe raqib darvozasini ishg‘ol etdi va o‘yinga nuqta qo‘ydi.
Shu tariqa, Xabi Alonso shogirdlarining chempionatda to‘plagan ochkolari soni 21 taga etdi.
La Liga
vs
Real Madrid won after full-time.Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q