Georgiy Agzamov 19-xalqaro shaxmat turniri yakunlandi
- 27-март, 14:21
- Oybek Yo’ldoshev
- 0
- Shaxmat
O‘zbekistonlik birinchi grossmeyster Georgiy Agzamov xotirasiga bag‘ishlangan 19-xalqaro shaxmat turniri yakunlandi.
Toshkent shahrida o‘tkazilgan mazkur nufuzli turnir o‘z nihoyasiga yetdi. 16–27 mart kunlari davom etgan musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan kuchli shaxmatchilar g‘oliblik uchun murosasiz bahs olib bordilar.
Turnir yakunlariga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar quyidagicha:
Asosiy mukofot (Open-A):
1-o‘rin — Haik Martirosyan — 10 000 AQSh dollari
2-o‘rin — Artem Uskov — 7 500 AQSh dollari
3-o‘rin — Abdimalik Abdisalimov — 6 000 AQSh dollari
G‘oliblar bilan tanishing:
https://telegra.ph/Asosiy-mukofot-Open-A-03-27-2
Turnir yakunida barcha g‘olib va sovrindorlar tantanali ravishda taqdirlandi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q