
Belal Muhammad: "Barchasi men kutgandek bo‘ldi"
- 24-ноябр 2024, 17:52
- Ahmadbek Eshmatov
- 0
- MMA
Yarim o‘rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Belal Muhammad rossiyalik Pyotr Yanni g‘alabasi bilan tabriklab, u haqda iliq so‘zlarni bildirib o‘tdi.
"Yan va Figeyredu to‘qnashuvi to‘g‘risidagi barcha fikrlarim to‘g‘ri chiqdi, hammasi men kutgandek kechdi. Ammo Yan o‘ylaganimdan ko‘ra ancha yaxshi harakat qildi. Men bundan hayratdaman. Ofarin!", - deb yozdi chempion.
Eslatib o‘tamiz, kecha Xitoyning Makao shahrida bo‘lib o‘tgan "UFC Fight Night 248" turnirida Pyotr hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Figereduni mag‘lub etdi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q