Andijon yana bir turnirga mezbonlik qilmoqda
- 7-ноябр 2025, 16:50
- Ahmadbek Eshmatov
- 0
- O'zbek sporti
Andijon shahridagi “Universal” sport majmuasida U-20 yoshlar o‘rtasida erkin va ayollar kurashi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bellashuvlari boshlandi.
Mazkur chempionatda mamlakatimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan eng iqtidorli yosh polvonlar 9-noyabrga qadar g‘oliblik uchun bahs olib borishadi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligi xabar bermoqda.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q