Osiyo o‘yinlari. Diyora Keldiyorova jamoamiz hisobiga ilk oltin medalni taqdim etdi (fotogalereya)

CHERY AUTO

O‘zbekiston delegatsiyasi XIX Osiyo o‘yinlaridagi ilk oltin medalini qo‘lga kiritdi.

Tecno

Ushbu muvaffaqiyatga dzyudochimiz Diyora Keldiyorova erishdi. -52 kg vazn toifasida bahs olib borgan sportchimiz BAA vakili Birshelt Xorlodoini mag‘lubiyatga uchratib, o‘z g‘alabalari orasiga Osiyo o‘yinlari chempionligini ham qo‘shib qo‘ymoqda.

Diyorani arenaning o‘zidan Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov, Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov hamda Oybek Kasimov boshchiligidagi O‘zbekiston MOQ rahbariyati birga qo‘llab-quvvatlab turdi.

Quyida ushbu jarayonlardan qaynoq fotogalereyani tomosha qiling!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!