Zoran Marushich nega "Neftchi"ga o‘tganini aytdi

  • 16 dekabr, 2024, 22:16
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda Farg‘onaning "Neftchi" jamoasiga ko‘chib o‘tgan hujumchi Zoran Marushich  kichik intervyu berdi.

Tecno

“Neftchi” O‘zbekistonning eng taniqli klublaridan biri sifatida boy tarihga, mustahkam an’analarga, sodiq muxlislar armiyasiga ega jamoa hisoblanadi. Bu klubga o‘tishimga uning menga samimiy qiziqishi va ambisiyalari sabab bo‘ldi. 

Ishonchim komilki, yangi mavsum biz uchun muhim sinov va yuksalish davri bo‘ladi. Farg‘ona futboli haqli ravishda turnir jadvalida birinchi o‘rinda turishi kerak va buni isbotlash uchun hamma ishni qilamiz.

Muxlislarimizga murojaat qilmoqchiman. Stadionga albatta keling, har bir uchrashuvda bizni qo‘llab-quvvatlang. Sizning madadingiz biz uchun nihoyatda muhim. Birgalikda hamjihat bo‘lib  biz hamma narsaga erisha olamiz", - dedi Marushich. 

Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli futbolchi 2024 yilda "Nasaf" bilan chempion bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!