
Zinchenko "Arsenal"ga o‘tadi(mi)?!
"Arsenal" klubi rahbariyati "Manchester Siti" himoyachisi Aleksandr Zinchenkoning transferi ustida ish olib bormoqda.
Atheltic nashrining yozishicha, “shaharliklar” agar ularning moliyaviy talablari qondirilsa, ukrainalik futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor. Hozircha bu sodir bo‘lgani yo‘q, ammo klublar ehtimoliy bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
"Arsenal" uchun Zinchenkoning transferi "Manchester Yunayted"ga o‘tishga yaqin turgan himoyachi Lisandro Martinesni yo‘qotgach, ustuvor vazifaga aylandi.
Aytish kerakki, Zinchenko terma jamoa safida ko‘pincha yarim himoyada o‘ynaydi, ammo "Manchester Siti"da u odatda chap qanot himoyasida harakat qiladi.
25 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum "Manchester Siti" safida barcha turnirlarda jami 28ta o‘yinda maydonga tushib, 6ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar