
"Zenit" "Ufa" darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi (video)
Rossiya premer-ligasining 9-turida amaldagi chempion – “Zenit” o‘z maydonida “Ufa”ni qabul qildi.
Sankt-Peterburgdagi “Gazprom Arena”da kechgan bellashuv mezbonlarning mutlaq ustunligida o‘tdi va bu yakuniy hisobda ham aks etdi. “Zenit” – “Ufa” 6:0.
Uchrashuvda Sardor Azmun (24', 61') dubl, Artyom Dzyuba (32', 72', 88') esa xet-trik qayd etdi. Yana bir golga Aleksey Sutormin (90') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar