
"Zenit" Mourino jamoasi bilan o‘ynaydi
Rossiyaning "Zenit" jamoasi kelasi oyda "Fenerbaxche"ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishini ma’lum qildi. Bellashuv 15 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
"Shyukryu Saradjoglu" stadionida bo‘lib o‘tadigan bahs start hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 22:00da chalinadi. "Fenerbaxche"ni hozirda portugaliyalik murabbiy Joze Mourino boshqarmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyidagi FIFA kunlarida "Zenit" Serbiyaning "Voevodina” klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, 4:1 hisobida g‘alaba qozongan edi. Hozirda "Zenit" 29 ochko bilan RPL turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar