
"Zenit" markaziy o‘yinda "Krasnodar"ni ishonchli hisobda engdi (video)
Rossiya premer-ligasining 14-turida “Zenit” o‘z maydonida “Krasnodar”ni qabul qildi.
“Gazprom Arena”da kechgan markaziy bahs 3:1 hisobida maydon egalarining ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. Piterliklar safida gollarni Daler Kuzyaev (65'), Artem Dzyuba (79') va Aleksey Sutormin (90') kiritgan bo‘lsa, mehmonlarning goliga Markus Berg (17') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar