
"Zenit" bu tur "Ural" darvozasiga 5 ta gol urdi. Azmundan xet-trik (video)
Rossiya premer-ligasining 17-turida amaldagi chempion hisoblangan “Zenit” o‘z maydonida “Ural”ni qabul qildi.
Sankt-Peterburgda kechgan o‘yinda darvozalarga naqd 6 ta gol urildi. Shularning 5 tasini “Zenit” futbolchilari - Sardor Azmun (17', 22', 76'), Artyom Dzyuba (30') va Duglas Santos (44') kiritdi. Ekaterinburgliklarning yagona javob goliga Artyom Shabolin (82') mualliflik qildi. Yakuniy hisob 5:1, “Zenit” foydasiga.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar