
"Zenit" - "Krilya Sovetov" 4:2 (video)
Bundan biroz oldin Rossiya Premer-ligasi 26-turidan o‘rin olgan "Zenit" hamda "Krilya Sovetov" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi.
Sankt-Peterburg shahrida kechgan uchrashuv gollarga boy bo‘ldi va yakunda mezbonlar 4:2 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Samaraliklar safida hamyurtimiz Vitaliy Denisov to‘liq 90 daqiqa maydonda faol harakatlandi.
Shu tariqa "Krilya Sovetov" hisobidagi ochkolar soni 27 taligicha qoldi va jamoa turnir jadvalidagi 16 klub orasida 13-pog‘onani egallab turibdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar