
"Yuventus"ning Pogba masalasidagi ishi oson bitishi mumkin
"Manchester Yunayted" klubi "Yuventus"ning ikki nafar futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qildi.
Gap himoyachi Merix Demiral va hujumkor yarim himoyachi Duglas Kosta haqida ketmoqda. Tuttosport nashrining ma’lum qilishicha, mankunianliklar ushbu ikki futbolchini joriy yozgi transferlar davrida qo‘lga kiritmoqchi va uni “keksa sinora” qiziqayotgan Pol Pogbaning transferiga qo‘shishga tayyor.
29 yoshli Kosta joriy mavsum 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 22 yoshli Demiral esa 7 ta o‘yinda o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar