
"Yuventus"ning kirdikorlari fosh bo‘ldi. Klub evrokuboklardan chetlatilishi mumkin
"La Gazzetta dello Sport"ning xabar berishicha, Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Italiyaning "Yuventus" klubini evrokuboklardan chetlashtirishi mumkin.
Manba xabariga ko‘ra, moliyaviy qoidabuzarliklar fakti tasdiqlansa, "Yuve"ga nisbatan xalqaro turnirlardan chetlashtirish ko‘rinishidagi sanktsiya qo‘llaniladi. Ayni damda klub ustidan tergov ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV koronavirus pandemiyasi davrida "Yuventus" o‘z futbolchilarga yashirincha maosh to‘lagani haqda xabar bergan edi. "Keksa sinora" 17 nafar futbolchiga 60 million evroga yaqin maosh to‘lagan. Ommada futbolchilvr maoshdan bosh tortgani haqda e’lon qilinganiga qaramay, klub rahbariyati o‘yinchilar bilan yashirin shartnomalar tuzib, katta mablag‘ to‘lagan bo‘lishi mumkin.
Fikrlar