
“Yuventus” yana firibgarlikda gumon qilinmoqda
“Yuventus” futbol agentlari bilan bog‘liq moliyaviy firibgarliklarda gumon qilinmoqda. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, Italiya agentlik komissiyasi kotibiyati Turin klubiga nisbatan tekshiruvni boshlab yuborgan. Bunga agentlik komissiyasi tomonidan futbolchilarning transferlarida ishtirok etmagan agentlarga komissiya mablag‘lari to‘langani to‘g‘risidagi hujjatlar topilgani sabab bo‘ldi.
Ayblovga ko‘ra, ayrim agentlar bu sxemalarda maxfiy tarzda ishtirok etgani gumonlanyapti. Gumonga tushgan agentlar orasida Lippi, Juffrida, Galli, Mbrabito, Fioravanti hamda Tinti kabi taniqli mutaxassislar bor.
Ta’kidlanishicha, bu masala bo‘yicha 2025 yilgacha hali hech qanday qaror qabul qilinmaydi.
Fikrlar