
"Yuventus" Xarri Keynni qo‘lga kiritish yo‘lini biladi
«Tottenxem» klubi hujumchisi Xarri Keyn faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, angliyalik forvard "Yuventus" klubiga o‘tishi mumkin. Turinliklar Uni qo‘lga kiritish uchun Gonsalo Iguainni berishlari mumkin. O‘z navbatida argentinalik hujumchi Italiyaga qaytishdan bosh tortgani va onasi saratondan davolanayotgani uchun ona yurtida qolgan. Iguain Turinga qaytsa 14 kunga karantinga olinadi. Keyn turinliklar uchun Gonsalo o‘rniga ajoyib o‘zgarish bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Keyn uchun kurashayotgan "Real" bu tarsnferdan voz kechgandi.
Fikrlar