
"Yuventus" uni A Seriyaga olib kelmoqchi
"Inter" hujumchisi Mauro Ikardi "Yuventus"ning yozgi transfer oynasi vaqtidagi asosiy xaridlaridan biriga aylandi, deya xabar bermoqda Calciomercato nashri.
Ayni vaqtda PSJda ijara asosida to‘p surayotgan argentinalik futbolchi A Seriyaga qaytish niyatida. Ushbu vaziyatdan esa "Yuve" foydalanib qolishni rejalashtirmoqda.
"Byankonerlar" rahbariyati argentinalik futbolchining transferi uchun "neradzurrilar"ga turli takliflar hozirlashmoqda. Ta’kidlanishicha, "Inter" "Yuve"dan Ikardi o‘rniga xavbek Miralem Pyanich yoki Mattia De Shiloni olib kelish variantlarini ko‘rib chiqishlari mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda 27 yoshli futbolchi PSJ safida 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va 20 ta gol kiritishdi uddaladi.
Fikrlar