
"Yuventus" Ruganini "Roma"ga ijaraga berishni xohlamayapti
“Roma” klubi hamon “Yuventus” himoyachisi Daniele Ruganining transferi bo‘yicha hamon kelishuvga erisholmayapti.
Sky Sport Italia muxbiri Janluki Di Martsioning xabar berishicha turinliklar 25 yoshli futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan rimliklarga ijaraga berish taklifini rad etishgan.
Aytish kerakki, Ruganiga shuningdek “Milan” ham qiziqmoqda. “Roma” esa agar Ruganini qo‘lga kirita olmasa, “Liverpul” himoyachisi Deyan Lovrenni tarkibga qo‘shib olishga harakat qiladi.
Fikrlar