
"Yuventus" Ronalduga braziliyalik sherik topib qo‘ydi
"San-Paulu" hujumchisi Brenner Souza Italiya chempionatida to‘p surishi mumkin.
20 yoshli braziliyalik futbolchiga "Yuventus" qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda CalcioMercato nashri. Brennerning "San-Paulu" bilan shartnomasi 2022 yilgacha amal qiladi. TransferMarkt portali forvardni 1,3 million evroga baholamoqda.
Joriy mavsumda hujumchi Braziliya chempionatida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol kiritib, 3 ta golli uzatma berdi.
Fikrlar