“Yuventus” qimmat hujumchini qo‘lga kiritdi

  • 15 yanvar, 11:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” klubi PSJ bilan Randal Kolo Muani transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar tarqatdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, frantsiyalik hujumchi mavsumning ikkinchi yarmini Turinda o‘tkazadi. PSJ rahbariyati bosh murabbiy Luis Enrikega kerak bo‘lmay qolgan qimmatbaho hujumchini italiyaliklarga sotib olish huquqisiz olti oyga ijaraga berdi.

Parij klubi  xo‘jayinlari Kolo Muanini to‘liq sotib yuborish variantini qidirayotgan edi. Biroq o‘yinchining o‘zi o‘yin amaliyotisiz qolmaslik uchun “Yuventus”da ijarada o‘ynab turishga rozi bo‘ldi.

Tez orada Randal yangi jamoasi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Parijliklar bu futbolchini 2023 yili katta umidlar bilan 95 million evroga “Ayntraxt”dan transfer qilgandi. Lekin jamoani Luis Enrike qabul qilib olganidan keyin uni o‘ynatmay qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!