
"Yuventus" noqonuniy pul tikishda ayblangan futbolchi bilan yangi shartnoma imzolaydi
"Yuventus" yarim himoyachi Nikolo Fajoli bilan shartnomani uzaytiradi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Martsio xabar bermoqda.
Futbolchining Turin klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyunigacha mo‘ljallangan. Tomonlar 2028 yilning yoziga qadar yaxshilangan shartlar asosida yangi bitim imzolaydi.
Fajoli noqonuniy pul tikish uchun 7 oyga futboldan chetlatildi. Biroq, "keksa sinoralar" o‘z futbolchisiga ishonishda davom etmoqda va unga uzoq muddatli shartnoma taklif qiladi.
Fikrlar