
"Yuventus" "Manchester Siti" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin
Italiyaning amaldagi chempionlari braziliyalik futbolchini kuzatib borishyapti, deya xabar tarqatmoqda Metro nashri.
Manbaning ma’lum qilishicha, turinliklar skautlari "Siti"ning "Vest Hem"ga qarshi uchrashuviga tashrif buyurishgan. "Siti"ning o‘zi ham 22 yoshli hujumchini sotishga qarshi emas.
Ma’lumot uchun, Jezus joriy mavsum "shaharliklar" safida barcha musobaqalarda 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol va 5 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar