“Yuventus” katta xaridni amalga oshirish arafasida

  • 8 avgust, 2022, 13:21
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" shu haftada "Ayntraxt" yarim himoyachisi Filip Kostich transferini yakunlamoqchi, deya xabar berdi insayder Fabritsio Romano.

Tecno

Turin klubi allaqachon 28 yoshli serb bilan shartnoma shartlarini to‘liq kelishib olgan. “Yuventus” ayni damda “Ayntraxt” klubi rahbariyati bilan muzokara olib bormoqda. Tomonlar kelishuvga erishish arafasida turibdi. Biroq hozircha transfer summasi borasida bir qarorga kelisha olishmayapti. Romanoning so‘zlariga ko‘ra, “Ayntraxt” klubi futbolchi uchun “Yuve” hozir taklif qilayotgan summadan 4 million evro ko‘proq pul talab qilmoqda.

Kostichning nemis klubi bilan shartnomasi 2023 yilning iyunida yakuniga etadi. O‘tgan mavsum yarim himoyachi "Ayntraxt"ning barcha turnirlar doirasida 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!