
«Yuventus» hujumchisini jamoada saqlab qolish uchun navbatdagi urinishni boshlaydi
«Yuventus» hujumchi Paulo Dibala va uning agentlari bilan o‘zaro shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.
Biroq so‘nggi chiqqan ma’lumotlarga ko‘ra tomonlar hali rasmiy bitim imzolashda yakuniy qarorni qabul qilmagan. Ushbu hafta oxirida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Xabaringiz bor, «keksa sinyora» rahbariyati va futbolchining agentlari bir yildan buyon shartnomani uzaytirish borasida muzokara olib borishmoqda.
Avvalroq, Dibalaga "Barselona" ham qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi.
Fikrlar