
"Yuventus" hujumchisi Shomurodovning jamoasiga qarshi bo‘ladigan o‘yinni o‘tkazib yuboradi
"Yuventus" hujumchisi Alvaro Morata "Benevento"ga (1:1) qarshi o‘yindan so‘ng, 2 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga qaraganda, A Seriya tartib-intizom qo‘mitasi ispaniyalik futbolchi o‘yin yakunlangach, hakam tomonidan qizil kartochka bilan ogohlantirilgani sabab shunday qarorga kelgan. Shu tariqa, Morata "Torino" va "Jenoa"ga qarshi bo‘ladigan ikki o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
28 yoshli Morata joriy mavsum “Yuventus” safida 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 8 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar