
"Yuventus" hujumchisi karantinga olinadi
"Yuventus" hujumchisi Gonsalo Iguain Argentinadan Italiyaga qaytdi. "Football Italia" tarqatgan xabarga ko‘ra, u bugun Turinga kelgan. Yaqin muddat ichida argentinalik forvard tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va 14 kunlik karantinga olinadi.
Iguaian koronavirus pandemiyasi bois o‘z vatani Argentinaga uchib ketgan edi. Ilgariroq, A Seriya jamoalari mavsumni davom ettirishga ovoz bergani haqida xabar bergan edi.
Fikrlar