
"Yuventus" hujumchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Yuventus" hujumchi Gonsalo Iguain bilan yangi shartnoma imzolash niyatida, deya xabar bermoqda Italiyaning Calciomercato nashri.
Manbaga ko‘ra, turinliklar argentinalikni 2022-yilgacha jamaoda olib qolishni rejalashtirishmoqda. Futbolchi va klub o‘rtasidagi amaldagi kelishuv esa mavsum so‘nggida yakuniga etadi.
Iguain "Yuventus"dagi faoliyati davomida 133 ta o‘yinda maydonga tushib, 63 ta gol va 16 ta gollik uzatma muallifi bo‘lgan.
Fikrlar