
"Yuventus" etakchisi Shomurodovning jamoasiga qarshi o‘yinda ishtirok eta oladi
“Yuventus” forvardi Alvaro Morata 13 dekabr kuni “Jenoa”ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi mumkin.
Italiya futbol federatsiyasi Turin klubining ispaniyalik futbolchi masalasida yuborgan apellyatsiyasini ko‘rib chiqdi va Morataning diskvalifikatsiya muddatini 2 ta o‘yindan 1 ta o‘yinga qisqartirdi.
Eslatib o‘tamiz, Morata “Benevento”ga qarshi bahsda o‘yin yakunlangach, hakamga e’tiroz bildirgani uchun 2 ta o‘yinga chetlatilgan va shu sababli, u o‘tgan tur “Torino”ga qarshi derbini o‘tkazib yuborgan edi.
Morata joriy mavsum “Yuventus” safida 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va 9 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar