
"Yuventus" Duglas Kostani qanchaga sotishini ma’lum qildi
Turinning "Yuventus" klubi o‘zining hujumkor yarim himoyachisi Duglas Kostani yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida sotib yuborishi mumkin.
Daily Mirror nashri tarqatgan xabarga qaraganda agar 28 yoshli braziliyalik futbolchining transferi bo‘yicha 52 million evrodan kam bo‘lmagan takliflar bildirilsa, “keksa sinora” ularni ko‘rib chiqishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Kostaga "Arsenal", "Manchester Siti" va PSJ klublaridan qiziqishlar borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Duglas Kosta joriy mavsum A Seriyada 17ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 2ta assist yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar