
"Yuventus" "Atletiko"ga qarshi o‘yin oldidan jiddiy yo‘qotishga uchradi
“Yuventus” klubi yarim himoyachisi Duglas Kosta Chempionlar ligasi guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan “Atletiko”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborida.
Aytish lozimki, 29 yoshli braziliyalik futbolchi kecha A Seriyaning 3-turida “Fiorentina”ga (0:0) qarshi kechgan bahsda mushaklaridan jarohat oldi va 8-daqiqadayoq maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Kosta kamida 2 hafta maydonga tusha olmaydi.
Ma’lumot uchun, Duglas Kosta joriy mavsum “Yuventus” safida 3ta o‘yinda maydonga tushdi va 2ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar