
"Yuventus" 2 nafar asosiy futbolchisini transferga qo‘yadi
"Yuventus" yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida ikki nafar yarim himoyachi – Adrien Rabo va Aaron Remzini transferga qo‘yadi. Bu haqda Football Italia xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, ushbu ikki futbolchining transferidan tushadigan mablag‘lar "Sassuolo" yarim himoyachisi Manuel Lokatellini hamda "Milan" yarim himoyachisi Xakan Chalxanogluni sotib olishga sarflanadi.
26 yoshli Rabo joriy mavsum "Yuventus" safida jami 38 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. 30 yoshli Remzi esa 28 ta o‘yinda 2 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
“Yuventus” 30 turdan so‘ng A Seriya musobaqa jadvalida 62 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. Turinliklar peshqadam “Inter”dan naqd 12 ochkoga ortda qolmoqda.
Fikrlar