
“Yuventus” 123 yilda ilk bor italiyalik himoyachisiz o‘ynadi
“Yuventus” bosh murabbiyi Andrea Pirlo Chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-turida “Ferentsvarosh”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda italiyalik himoyachilardan birortasining xizmatidan foydalanmadi.
Italiyalik mutaxassis uchrashuvda himoya qo‘rg‘onini legionerlar - Xuan Kuadrado (Kolumbiya), Danilo (Braziliya), Mateys De Ligt (Niderlandiya) va Aleks Sandroga (Braziliya) topshirdi.
Bunday holat 123 yilda, 4371 uchrashuvda ilk marotaba qayd etildi.
Bu uchrashuvda 2:1 hisobida zafar quchgan Pirlo shogirdlari muddatidan oldin pley-offga yo‘llanma oldi.
Fikrlar