"Yuventus" 1 ta futbolchi uchun 4 ta futbolchisidan voz kechishga tayyor

  • 31 may, 2020, 15:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Fiorentina” hujumchisi Federiko Keza hamon “Yuventus”ning diqqat markazida bo‘lib turibdi.

Tecno

Tuttosport nashri tarqatgan xabarga qaraganda, turinliklar Keza evaza florentsiyaliklarga 2 ta futbolchi berishni taklif qilmoqchi. “Keksa sinora” darvozabon Mattia Perin va 3 ta himoyachi - Daniele Rugani, Luka Pellegrini yoki Kristian Romerodan birini berishga tayyor.

22 yoshli Federiko Keza 2019/2020 yilgi mavsumda 26 ta o‘yinda maydonga tushdi va 7 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!