
"Yuve" va "Borussiya" "Portu"ning 17 yoshli futbolchisi uchun kurashishadi
"Portu" himoyachisi Tomash Estevesh faoliyatini Italiya yoki Germaniyada davom ettirishi mumkin.
Calciomercato nashriga ko‘ra, futbolchi uchun "Yuventus" da’vogarlik qilmoqda. Turinliklar futbolchi uchun uning shartnomasida ko‘rsatilgan 10 million evrolik tovon pulini to‘lashga tayyor.
O‘z navbatida "Portu" futbolchi bilan yangi kelishuv imzolashni va unda uning tovon pulini oshirishni rejalashtirishmoqda.
Ta’kidlanishicha, Dortmundning "Borussiya"si ham 17 yoshli futbolchi uchun turinlilklar bilan kurashishiga tayyor.
Fikrlar