
"Yuve" futbolchisi Shomurodov bilan bir chempionatda to‘p surishi mumkin
Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Daniele Rugani yozda Rossiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin.
Tuttomercatoweb xabariga ko‘ra, turinliklar asosiy tarkibida o‘rnini topa olmayotgan 25 yoshli italiyalik futbolchining transferiga "Zenit" qiziqish bildirmoqda. Ta’kidlanishicha, piterliklar direktori Xaver Ribalta futbolchining agenti bilan transfer shartlarini muhokama qilishni boshlagan.
Manbaga ko‘ra, "Zenit" Ruganiga 2,5 million evro maoshga ega 3 yilga mo‘ljallangan shartnoma taklif qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rugani koronavirus aniqlangan dastlabki futbolchilardan biri bo‘lgan edi.
Fikrlar