
Yunberg "Arsenal"da qoladimi? Arteta javob berdi
"Arsenal" klubining yangi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoani vaqtincha boshqarib turgan Fredrik Yungberg murabbiylar shtabida qolishini ma’lum qildi.
“Biz o‘yindan keyin Freddi bilan gaplashib oldik. Men unga o‘z g‘oyalarim haqida gapirdim va undan bu erda ishlash istagi borligini ham bilishni xohladim.
Biz uni “Arsenal”da qolishiga qaror qildik. U futbolchilar va jamoa tarixi bilan yaxshi tanish. Biz yangi g‘oya va fikrlar bilan yangi ish boshlaymiz. Yunberg menda juda yaxshi taassurot qoldirdi va u menga yordam berishga tayyor”, - deydi Arteta.
Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” ayni damda APLning o‘tgan 18 ta turidan so‘ng musobaqa jadvalida 11-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar