
Yulian Draksler yozda APLga yo‘l olishi mumkin
PSJ klubi yarim himoyachisi Yulian Draksler yozda Frantsiyani tark etishi mumkin.
The Mirror nashri xabar berishicha, nemis futbolchisiga Londonning "Arsenal" klubi tomonidan jiddiy qiziqish bildirilmoqda. Unai Emeri o‘zining sobiq futbolchisi bilan birgalikda yana faoliyat olib borishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "to‘pchilar" Draksler transferi uchun 30 million evro sarflashga tayyor.
Fikrlar