Yoshlar terma jamoamiz yig‘inni boshladi. Oldinda Indoneziyaga safar va o‘rtoqlik o‘yinlari bor

  • 20 yanvar, 2024, 22:01
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bilasiz, Farhod Nishonov boshqaruvidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi joriy yili U-20 Osiyo Kubogi saralash bahslarida ishtirok etadi.

Tecno

Oldinda turgan musobaqalarga reja asosida tayyorgarlik ko‘rish maqsadida bugun vakillarimiz Toshkentda navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishishdi.

25 yanvardan boshlab yig‘inning ikkinchi qismi Indoneziyaning Jakarta shahrida davom ettiriladi. Jamoamiz Tailand va Indoneziyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishi rejalashtirilgan.

28 yanvar
Tailand - O‘zbekiston

30 yanvar
Indoneziya - O‘zbekiston

Ma’lumot o‘rnida, ayni kunlarda terma jamoaga nomzod bir qator futbolchilar o‘z klublari safida yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotganligi sababli murabbiylar shtabi yangi futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkazishni maqsad qilishgan.

yoshlar tarkibi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!