Yoshlar o‘rtasida jahon rekordini o‘rnatgan og‘ir atletikachimizni bilasizmi yoxud u uchun Olimpiada yo‘llanmasi naqdmi?

CHERY AUTO

Yurtimizda boshqa Olimpiada dasturidan o‘rin olgan sport turlari kabi og‘ir atletika ham yaxshi rivojlanib bormoqda. Olimpiada, jahon chempionati, qit’a birinchiliklar hamda turli xalqaro turnirlarda yurtdoshlarimiz yaxshi natijalar qayd etib kelmoqda.

Tecno

Ana shunday atletlarimizdan biri Adhamjon Ergashevdir. U o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida ham zalvorli natijalarni qo‘lga kiritgan va undan yanada ajoyib ko‘rsatkichlarni qayd etishi kutilmoqda. Zero, uning salohiyati bunga etadi.

Biz ushbu sportchimizni suhbatga tortdik.

- Assalomu alaykum.

- Vaalaykum assalom. Assalomu alaykum!

- Siz bilan suhbat qilish niyatimiz bor edi?

- Avvalo, e’tibor uchun katta rahmat. Qo‘ldan kelganicha javob berishga tayyormiz!

- Bir necha yillardan buyon og‘ir atletika olamidasiz, sizni bu sport turiga qiziqqanlar yaxshi biladi. Lekin endi, ushbu sportga oshno bo‘layotgan yoshlar ham yo‘q emas. Ular uchun o‘zingiz haqingizda biroz ma’lumot bersangiz?

- 1999 yil 12 martda Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumanida tavallud topganman. 11 yoshimdan buyon ushbu sport turi bilan shug‘ullanib kelaman.

- Ko‘plab musobaqlarda g‘olib va sovrindor bo‘lgansiz, bu borada batafsil o‘zingizdan eshitsak?

- 2014 yil terma jamoa a’zosi bo‘lganman va o‘shandan boshlab xalqaro musobaqalarda qatnasha boshlganman. 2-o‘smirlar Olimpiadasida 3-o‘rinni qo‘lga kiritganman. Shuningdek, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida jahon chempionligiga erishganman. Ikki karra kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati sovrindoriman.

ergashev1_1

- Keling, qaysi vazn toifasida ekanligingizga ham oydinlik kiritsak?

- 67 kg vazn toifasida ishtirok etaman.

- Sportchining kamol topishida birinchi murabbiyning o‘rni beqiyos bo‘ladi. Ilk ustozingiz kim bo‘lgandi?

- Birinchi murabbiyim Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidan Elmurod aka Yoqubjonov bo‘lgan.

- Hozirgi kundagi eng dolzarb mavzu bu Tokio Olimpiadasi hisoblanadi. Sizning ushbu to‘rt yillikning eng nufuzli turnirida ishtirok etish imkoniyatingiz qay darajada?

- Hammasi yaxshi va albatta, boramiz!

- Imkoni bo‘lsa, ochiqroq ma’lumot bering?

- Olimpiadaga borish uchun imkoniyatimiz ham reytingdagi ochkolarimiz ham etarli. Aprelda bo‘ladigan Osiyo chempionatida so‘ngi ochkolar o‘ynaladi. O‘shandan keyin Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi rasman kimlar Tokioga yo‘l olishini e’lon qiladi.

- Shaxsiy rekordingiz qanday?

- Dast ko‘tarishda 151 kg va siltab ko‘tarishda 185 kgni tashkil qiladi.

- Rasmiy musobaqlardagi rekordchi?

- Dast ko‘tarishda 146 kg, siltab ko‘tarishda 182 kg. Bu yoshlar o‘rtasidagi jahon rekordi hisoblanadi.

- Vazn toifangizdagi eng kuchli raqiblar qaysi mamlakat vakillari sanaladi?

- Xitoy, Shimoliy va Janubiy Koreya, Yaponiya, Kolumbiya va Italiya.

- Og‘ir atletikada taktik jihatdan juda kuchli kurash ketadi. Shu nuqtai nazardan, yurtimizdagi eng kuchli murabbiylar deb kimlarni ayta olasiz?

- Bir so‘z bilan aytganda barchasi kuchli murabbiylar.

- Bu sport turida juda ko‘p doping mojoralari bo‘ladi. Siz bu borada qanchalik mas’uliyatlisiz?

- To‘g‘ri, bu bor gap. Lekin terma jamoaga bu borada federatsiya mutasaddilari va murabbiylar jiddiy qarashadi va doimo, nazoratda bo‘lamiz.

- Umuman olganda, og‘ir atletika bilan necha yoshdan shug‘ullangan maqul?

- O‘zim yuqorida ta’kidlab o‘tganimdek, 11 yoshdan boshlaganman. Nazarimda 11-12 yoshdan boshlasa, maqsad muvofiq bo‘ladi.

ergashev2

- Ovqatlanish tartibingiz qanday, siz kabi atletlar qanday mahsulotlarni ko‘proq iste’mol qilgani ma’qul?

- Avvalo, qa’tiy rejimga tushib olish zarur. Har doim bunga amal qilish kerak va vitaminlarga boy mahsulotlarni iste’mol qilish lozim. Shuningdek, salatni ham kanda qilmaslik kerak.

- Qaysidir murabbiydan asal va turshaklarni ko‘proq iste’mol qilgan ma’qul, deb eshitgandim?

- To‘g‘ri, biz har doim ertalab tarozidan o‘tamiz va keyin limonli suv bilan asal iste’mol qilamiz.

- Og‘ir atletikachi uchun vaznni bir maromda ushlab turish juda ham qiyin bo‘lsa kerak? bu borada qanday ishlarni amalga oshirasiz?

- Albatta, bu biz uchun eng mashaqqatli holat hisoblanadi. Shaxsiy vaznni ushlab turish juda katta mehnat talab qiladi. Men bunga jiddiy e’tibor qarataman va ovqatlanishda ham vazn beradigan mahsulotlarni iste’mol qilmayman. Har doim, murabbiylarim tavsiya qilgandek ovqatlanaman.

- Mazmunli suhbat uchun rahmat. Oldingizda turgan muhim turnirlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilishingizga tilakdoshmiz!

- Tashakkur. Albatta, ishonchni oqlashga harakat qilaman!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!